
Oskar de la Xoyya: "O‘zingizni sharmanda qilishni bas qiling"
Olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oskar de la Xoyya sobiq raqibi kichik Floyd Meyvezerni ko‘rgazmali janglari uchun tanqid qildi.
"Jon Gotti III bilan jangda, ikkinchi raundning o‘rtalarida Floyd tom ma’noda hakamni o‘zgartirdi. Boshning orqa qismiga urishni bas qil, degani unga yoqmadi. Bu juda kulgili edi. Floyd, siz 50 yoshdasiz. Bu sportning afsonasisiz. Men son-sanoqsiz intervyularda sizni himoya qildim. Ammo bu ko‘rgazma namoyishlari bilan o‘zingizni sharmanda qilishni bas qilishingiz kerak. Bilaman, hayot og‘ir, hammaga ham pul zarur. Lekin sha’ningizni birinchi o‘ringa qo‘ying. Hech kim sizni bunday eslashni xohlamaydi. Floyd, men sizning muxlisingizman, keling, vaziyatni o‘zgartiraylik”, — deb yozdi de la Xoya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Meyvezer faoliyati davomida beshta vazn toifasida 50 ta g‘alaba qozonib, birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan holda chempion bo‘lgan.
Fikrlar