Oskar "Shanxay SIPG"dagi ilk uchrashuvida gol kiritdi

  • 9 yanvar, 2017, 19:05
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq "Shanxay SIPG" Saudiya Arabistonining "Al-Batin" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgani va unda hamyurtimiz Odil Ahmedov maydonga tushgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

O‘yinda shuningdek shanxayliklarning braziliyalik yangi futbolchisi Oskar ham ishtirok etdi. Jamoaga "Chelsi"dan kelib qo‘shilgan yarim himoyachi debyut uchrashuvini gol bilan nishonladi. Bundan tashqari Oskar yangi jamoasining ikkinchi goliga ham assisentlik qildi.

"Meni jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazayotganimga bor yo‘g‘i ikki kun bo‘ldi va bu meni birinchi uchrashuvim. Bizda mavsum endi boshlanadi. Bu esa  birinchi golim holos. Bugun jamoadoshlarim ajoyib o‘yin ko‘rsatishganini alohida e’tirof etishim lozim", - deydi Braziliya terma jamoasi a’zosi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!