O‘smirlarimiz jamoaviy chempionatida kortga chiqishadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yana bir yirik musobaqada ishtirok etish uchun Malayziyaga jo‘nab ketdi.

Kuala-Lumpur shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan jamoaviy chempionatda mamlakatimiz sharafini Amir Milushev, Boburmirzo Yoqubjonov, Qodirjon Odilov, Maftunabonu Qahramonova, Shahnoza Marimova hamda Munisa Ashurbekovalar himoya qiladi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan musobaqa tashkiliy qo‘mitasiga yuborilgan buyurtmada zaxiradagi sportchi Ismoil Turdievning nomi ham qayd etilgan.

E’tiborli tomoni Malayziyaga jo‘nab ketgan tarkibimiz asosini 14 yoshli tennischilar tashkil etgan, birgina Shahnoza Marimova 13 yoshda. Shuningdek, 6 sportchimizning 5 nafari tennis bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari sport maktabi tarbiyalanuvchilari ekanligini ham ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tish mumkin. Yagona tennischimiz, Qodirjon Odilov Farg‘ona viloyati sport o‘yinlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulot olib boradi.

Turnir davomida vakillarimizga Farrux Obidov va Muhammadrizo Saidxo‘jaev murabbiylik qilishadi. Natijalar haqida xabar berib boramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!