O‘smirlarimiz Tojikistonda omadli start oldi
Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro musobaqada Farida Marimova hamda Setora Normurodova dastlabki raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Aziz Dadaboev, Berdiyor Mavlonov va Said Akbarov birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Eslatib o‘tamiz, "J5" turkumidagi mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida birinchi davra o‘yinlari davom etmoqda.

Fikrlar