
O‘smirlarimiz Xalqaro musobaqada 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
15-22 may kunlari Ozarbayjonning Boku shahri boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida “Geydar Aliev” xalqaro xotira turniriga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillari ham bahslar olib borishdi. Yakunlarga ko‘ra yigitlarimiz 2 ta oltin 3 bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-66 kg: Komronbek Hamdamov
-75 kg: Shaxriyor Rasuljonov
Bronza medal:
-52 kg: Bekzod Ismoiljonov
-60 kg: Rushan Saydullaev
-80 kg: Umarjon Nazarov
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar