Oston O‘runov "Navbahor" bilan xorij yig‘iniga jo‘nab ketgan. Futbolchi klubda qoladimi?

  • 8 yanvar, 2023, 14:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runov ancha vaqtdan beri jamoasiz. U 2022 yilning kuzida erkin agentga aylangandi.

Tecno

Futbolchi shundan so‘ng "Navbahor"ga kelib sport formasini ushlab turish maqsadida “lochinlar” lagerida mashg‘ulot o‘tkazayotgandi. U bir necha kun avval "Navbahor" bilan birga Turkiyaga jo‘nab ketdi. Ko‘pchilik uning "lochinlar" a’zosiga aylanishi borasida fikr bildirmoqda. Ammo bu O‘runov klub bilan shartnoma imzolaydi, degani emas.

Oston Turkiyada xorij klublarining ko‘rigida bo‘ladi. Katta ehtimol Rossiya jamoalarida. O‘sha erda Oston O‘runov yangi jamoasiga ega bo‘lishi mumkin.

2022 yilning yozida "Navbahor" tomonidan futbolchiga qiziqish bo‘lgandi. Biroq uning maoshi sabab kelishuv amalga oshmagandi. Ostonning "Spartak" klubida yiliga 600 ming evro maosh olgan. Namanganliklar esa unga yiliga 100 ming evro maosh berishga tayyorligini bildirgan. Ammo Oston ijaraga ketgan taqdirda ham maoshi qisqartirilishini istamayagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!