
Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar uchun muhim ma’lumot
"Spartak" yarim himoyachisi Oston O‘runovda faoliyatini davom ettirish uchun uch yoki to‘rtta variant bor. Biroq futbolchi bilan muzokaralar qiyinligining sababi shundaki, u Moskva klubi bilan shartnoma bo‘yicha oladigan maoshini kamaytirmoqchi emas. Bu haqda Metaratings.ru nashri xabar berdi.
“Spartak” O‘runov boshqa jamoaga ijaraga berilgan taqdirda unga maoshini to‘liq to‘lashni istamaydi va qolaversa, futbolchiga xaridor klublar uning moliyaviy manfaatlarini to‘liq qondirishga tayyor emas. Shu bois “qizil-oqlar” futbolchini ijaraga berishdan ko‘ra, sotishdan ko‘proq manfaatdor.
Oldinroq “Sport-ekspress” nashri “Spartak” O‘runovni transfer qilishga muvaffaq bo‘lsa, moskvaliklar yarim himoyachi Ilya Jigulyov bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Ilya Jigulyovning "Spartak"ga ko‘chib o‘tishi O‘runovning transferiga bog‘liq.
Fikrlar