Oston O‘runovning maoshi 50 foizga qisqaradi. Nega?
Rossiya premer-ligasining yana 2 ta klubi koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz paytida moliyaviy barqarorlikni saqlab turish uchun futbolchilarning maoshini kamaytirishga qaror qildi.
"Chempionat" nashrining ma’lum qilishicha, “Rubin” va “Ufa” klublari asosiy jamoa o‘yinchilarining 50% maoshini qisqartiradi.
Ufaliklar safida hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p surishini ham aytib o‘tish lozim.
Bundan avvalroq "Dinamo" Moskva hamda "Zenit" klublari ham shunday qaror qabul qilishgan edi.



Fikrlar