
Ota-bola Ibragimovich bir jamoada o‘ynadi?!
15 fevral kuni “Milan”ning kattalar va yoshlar jamoalari o‘rtasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Shvetsiyalik mashhur hujumchi Zlatan Ibragimovich uchun bu o‘zgacha kun bo‘ldi.
Shu kuni 41 yoshli futbolchi o‘zining 16 yoshli o‘g‘li Maksimilian bilan bir jamoada o‘ynadi.
Dastlab Zlatan “Milan”ning kattalar jamoasi tarkibida yoshlarga qarshi maydonga tushadi deb taxmin qilingan edi, ammo u so‘nggi lahzada fikridan qaytdi va o‘g‘li bilan bir jamoada o‘ynashga qaror qildi.
Ota-bola bir jamoada o‘ynagan o‘rtoqlik bahsida kim g‘alaba qozonganligi haqida xabar berilmagan.
Fikrlar