O‘tgan mavsum "gol+pas" tizimi bo‘yicha Messiga etadigani bo‘lmagan
"Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi o‘tgan mavsum "gol+pas" tizimi bo‘yicha raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishgan.
Unga ko‘ra 31 yoshli futbolchi 2017 yilning 3 iyulidan 2018 yilning 15 iyuligacha klub va terma jamoa tarkibida jami 52ta gol va 21ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Bu borada Messidan keyingi o‘rinlarni Krishtianu Ronaldu ("Real", Portugaliya - 54 gol, 11 assist), Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr – 50ta gol, 14 assist) va Xarri Keyn ("Tottenxem", Angliya – 52ta gol, 5 assist) kabi futbolchilar egallashdi.

Fikrlar