
O‘tgan mavsumni Malayziyada o‘tkazgan futbolchi Superligaga qaytdi
O‘tgan yilgi mavsumni legioner sifatida Malayziyada o‘tkazgan Sirojiddin Qo‘ziev yana Superligaga qaytdi. Bu safar u Toshkent viloyatining "Metallurg" jamoasida o‘ynashni ixtiyor etdi.
Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchisi 19 yoshidayoq viloyat bosh jamoasi "Nasaf"ga jalb etildi. Debyutini 2016 yili amalga oshirdi. Qarshi jamoasi sharafini uch yil himoya etgach, "Mash’al"ga o‘tdi. 2022 yili esa "Neftchi" safida to‘p surdi. O‘tgan mavsumda Farg‘onadan Malayziyaga - "Kuching" jamoasiga legioner sifatida yo‘l oldi.
Bugungacha 80 ta o‘yinda maydonga tushgan Sirojiddin raqiblar darvozasiga 11 ta gol kiritgan, 8 marta ogohlantirilgan. O‘zbekiston hamda Malayziya vitse chempioni, O‘zbekiston kubogi va Superkubogi sohibi.
Fikrlar