
O‘tgan va hozirgi mavsumdagi o‘xshash vaziyatlar, Cheran, "Buxoro" va boshqalar...
O‘zbekiston Superligasining 2-turi ham ortda qoldi. Ha, demay 3-tur o‘yinlariga ham start beriladi.
Ushbu tur o‘yinlari boshlanishidan oldin, o‘tgan mavsumdagi 2-turdan keyin, kim qancha gol urgani haqida yodga olib, joriy mavsum bilan solishtirib ko‘ramiz.
Bu borada, "Paxtakor" klubi etakchi! O‘tgan mavsum ham, joriy mavsum ham toshkentliklar ortda qolgan 2 ta uchrashuvdan keyin, 5 ta gol urishga erishgan chempionatimizdagi yagona jamoa hisoblanadi.
Qashqadaryoning "Nasaf" jamoasi amaldagi mavsumni ko‘taringki ruhda boshladi. Safarda "Qizilqum"ni 3:1, O‘z maydonida "Andijon"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan "ajdarlar"ning gollari soni 5 taga etdi.
2019 yilgi mavsumning 2 ta turidan so‘ng, qarshiliklarning gollari soni 4 tani tashkil etgandi.
Toshkentning yana bir klubi "Bunyodkor" raqiblari darvozasini 4 marotaba ishgo‘l etib ulgurdi. O‘tgan yili "qaldirg‘ochlar" 2 ta bahsdan so‘ng, 2 ta gol urishgandi xolos!
Ikkita turdan ham mag‘lub bo‘lgan "Qizilqum" jamoasi har ikkala o‘yinda ham bittadan gol urdi.
Zarafshon klubi o‘tgan mavsumda 4 ta golni rasmiylashtirgan edi.
Gol urish borasida etakchilik qilayotgan klublardan so‘ng, "Qizilqum"ga ikkita, "Bunyodkor"ga bitta gol urishga erishgan "Surxon" jamoasi 2019 yili ikkita o‘yinda, ikki bor raqib darvozasiga to‘p kiritgan.
Bundan tashqari, "Metallurg" jamoasi ham har ikki mavsumning ikki turidan keyingi holati o‘rtacha hisoblanadi. Surxondaryoliklar o‘tgan mavsum 2 ta, bu mavsum esa 3 ta gol urgan bo‘lsa, Bekobod jamoasi aksincha, o‘tgan yili 3 ta, joriy yilda esa 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Har qanday jamoaga qiyinchilik tug‘dira oladigan "Navbahor", "So‘g‘diyona", "Lokomotiv" va "Qo‘qon-1912" klublarining natijalari bir xil. Namangan va Qo‘qon jamoalari o‘tgan mavsumdagi ikkita uchrashuvdan keyin, bittadan gol urishgandi xolos! Amaldagi mavsumda har ikkala klub 3 tadan gol urib ulgurdi.
Jizzaxliklarda huddi shu ko‘rsatkichning teskarisi, ya’ni avvalgi mavsumda 3 marta darvozaga yo‘l topa olgan bo‘lsa, bu yili bor-yo‘g‘i bitta gol urdi. "Lokomotiv"ni ko‘rsatkichi esa o‘rtacha har bir bellashuvga bittadan gol to‘g‘ri kelmoqda. O‘tgan yilning 2-turidan keyin ikkita gol urgan toshkentliklar, amaldagi mavsum ham ikki marta gol urdi.
AGMK va "Andijon" jamoalari 2019 yilning 2-turidan so‘ng, bir marotabadan raqib darvozasiga to‘p kiritgan. Hozirda esa har ikki jamoa ham 2 tadan golni rasmiylashtirib qo‘ydi.
2019 yili Superligada o‘ynamagan, ammo joriy mavsumni yuqori ligada boshlagan "Mash’al" jamoasi "Bunyodkor" darvozasiga yo‘l topa olmagan bo‘lsada, dastlabki turda "So‘g‘diyona" klubiga 3 ta to‘p kiritdi.
Samarqandning "Dinamo" klubi o‘tgan mavsumning ikkita bellashuvida, bir marotaba raqib darvozasiga yo‘l topgan va quyi ligaga ravona bo‘lgan.
Har ikki mavsumni ham Superligada o‘tkazgan "Buxoro" klubida ahvol chatoq. Muhammadiev shogirdlari ikkala mavsumning 2-turidan keyin, birorta gol urishni uddasidan chiqa olmagan.
Quyida jamoalarning o‘tgan yilgi va joriy mavsumdagi 2-turdan keyingi gollari soni va umumiysini jadval ko‘rinishidagi holat tasvirlangan:
"Dinamo Samarqand": 1 + X = 1
"Mash’al": X + 3 = 3
"Buxoro": 0 + 0 = 0
"Andijon": 1 + 2 = 3
"Qizilqum": 4 + 2 = 6
AGMK: 1 + 2 = 3
"Nasaf": 4 + 5 = 9
"Surxon": 2 + 3 = 5
"Metallurg": 3 + 2 = 5
"Navbahor": 1 + 3 = 4
"Qo‘qon-1912": 1 + 3 = 4
"So‘g‘diyona": 3 + 1 = 4
"Bunyodkor": 2 + 4 = 6
"Paxtakor": 5 + 5 = 10
"Lokomotiv": 2 + 2 = 4
Umumiy, o‘tgan mavsumning 2 ta turidan keyin, jamoalar 30 ta gol urishga erishgan, bu ko‘rsatkich joriy mavsumda 37 tani tashkil etmoqda. Jami 67 tani hosil etayotgan gollarning birortasida ham avtogol yo‘q!
To‘purarlik qilgan futbolchilarga keladigan bo‘lsak, "Paxtakor"ning legioneri Dragan Cheran o‘tgan yili ham, joriy mavsum ham 3 marotabadan raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.
2019 yilning dastabki 2 ta bahsida gol urmagan "Nasaf" futbolchisi Bobir Abduholiqov bu safar Cheranga raqobatlik qilmoqda va u ham uchta gol urib ulgurdi. Bundan tashqari, amaldagi mavsumda Igor Sergeev ("Paxtakor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo‘qon-1912"), Kirill Pogrebnyak ("Lokomotiv") va "Sharof Muhitdinov ("Nasaf") ikkitadan gol urib ulgurishdi. 2019 yilning birinchi davrasini "Qizilqum"da o‘tkazgan Elguja Grigalashvili, Dilshod Saitov ("Nasaf") va Sherzod Hakimov ("Surxon") avvalgi mavsumning dastlabki ikkita o‘yinida, ikkitadan gol urishgandi.
Fikrlar
Pahtakor chempion bulgani bilan tatimaydi.
Bunaqa qilib chempion bulgandan xalol uynab 3 chi urinni olgan afzal
сахтакорларни хакамлар билан эришмоқда бу ачколарини хайф сенларга...
сахтакорларни хакамлар билан эришмоқда бу ачколарини хайф сенларга...