
O‘tkir Yusupov va "Fulad" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Eron Pro-ligasi 27-turidan o‘rin olgan "Fulad" - "Shams Azar" bellashuvida mezbonlar 1:0 hisobidagi o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Xuzestonliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz O‘tkir Yusupov odatdagidek ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Yusupov asosiy tarkibda tushdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. "SofaScore" unga 6.3 ball qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, "Fulad" sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda. 26 o‘yinda 48 ochko jamg‘argan jamoa agar qoldirilgan bahsda g‘alaba qozonsa, Oston O‘runovning "Persepolis"i bilan tenglashib oladi.
Fikrlar