Ovora bo‘lmang! Levandovski “Barsa”dagi rejalarini aytdi

  • 08.11.2025 16:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bilan amaldagi shartnomasi tugab borayotgan rolshalik hujumchi Robert Levandovskining klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi.

Ayrim manbalar kataloniyaliklar 37 yoshli to‘purardan yanvar oyida qutilmoqchi ekanini yoza boshladi.

Bu masalaga taniqli insayder Fabritsio Romano aniqlik kiritdi. Uning yozishicha, Robert Levandovski qishki transferlar oynasi davrida “Barselona”dan ketmoqchi emas. Tajribali o‘yinchi mavsumni hozirgi jamoasida yakunlaydi.

Levandovski yozda erkin agent maqomini oladi. Shu bois, yanvarda har qanday klub bilan rasmiy muzokara o‘tkazishi va dastlabki kelishuvlarni tuzishi mumkin.

Ilgari Bundesliga porlagan hujumchi “Barselona”ga 2022 yilning yozida transfer qilingan. Joriy mavsumda barcha turnirlarda 11 marta maydonga tushgan forvard o‘z hisobiga to‘rtta to‘p yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!