O‘xshamagan proekt yoxud Xitoy futbolida hozir vaziyat qanday?

  • 1 iyul, 2024, 19:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Esingizda bo‘lsa, bundan bir necha yillar avval Xitoy futboli va unga kiritilayotgan investitsiya jaxondagi ancha-muncha insonlarni xayratiga sabab bo‘lgandi. To‘lanishi va’da qiliingan millionlab summalar, yillar davomida dunyo darajasidagi super yulduzlarni chin o‘lkasi tomon kelishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida Xitoy hukumati bu ishlarga bosh-qosh bo‘lganlarga ma’lum ma’noda imtiyozlar bera boshladi. 

Bir qarashda hammasi yaxshi ketayotgandi. Ammo 4 yillar avval boshlangan koronavirus pandemiyasi barchasini o‘zgartitib yubordi. Klublar o‘z jamoasiga birdaniga 4-5 talab yulduzlarni jalb eta olmay qoldi. Bunga na pandemiya va na iqtisodiy xolat imkon bera olmasdi. 

Xolat esa shu darajagacha keldiki, jamoalar maxalliy xokimliklar tasarrufiga o‘tishi natijasida xatto aksar klublarning nomlari xam o‘zgarib ketdi. Vaqt o‘tishi bilan vaziyat barqarorlasha boshladi. Yodingizda bo‘lsa, “Shanxay Shenxua” klubi argentinalik Karlos Tevezga 40 million evrolik yillik maosh berish evaziga uni o‘sha vaqtdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirgan edi. Xozirgi paytda jamoa Xitoy chempionatida barqaror ravishda ishtirok etib kelayotgan kam sonli ishtirokchilardan biri sanaladi. 2023 yilning oxirida Leonid Slutskiy mazkur klubga bosh murabbiy etib tayinlandi. Natijasida “Shanxay “Shenxua” sekin-asta turnir etakchisiga aylanib ola boshladi. Ayni damda shanxayliklar naqd 19 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etishmoqda. Bu natijalarda esa Leonid Slutskiyning xissasi beqiyos. 

Shunday ko‘rsatkichlarga qaramay, jamoa chempionatda hamshaharlari xisoblangan “Shanxay Port”dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Lekin farq uncha katta emas - atigi 2 ochko.  Xullas, aksar insonlar yodidan ko‘tarilgan chin yurti chempionatida ba’zi-ba’zida mana shunday e’tiborga molik voqealar uchrab turibdi. Qayd etish lozim, bir vaqtlari "Chelsi" safida to‘p tepgan va 2017 yilda "Shanxay SIPG (hozirgi "Shanxay Port) hamon Xitoy klubida harakat qilmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!