O‘z tarbiyalanuvchilari sotishdan katta foyda ko‘rgan jamoalar aniqlandi. Ular orasida “Barsa” yo‘q
CIES xalqaro sport tadqiqotlari markazi so‘nggi 10 yil ichida tarbiyalanuvchilarni sotishdan tushgan daromadlar bo‘yicha klublar reytingini taqdim etdi. 38 nafar futbolchidan 589 million yevro ishlab topgan Portugaliyaning "Benfika" klubi yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda "Ayaks" joylashgan bo‘lib, u 43 nafar futbolchini 454 million yevroga sotgan.
Kuchli uchlikni Londonning "Chelsi" klubi yakunlamoqda - 442 million yevro (33 nafar futbolchi). Reytingda Ispaniyaning "Real" va Angliyaning "Manchester Siti" klublari ham bor. Evropadan top-10 ga kirmagan yagona klub - Braziliyaning "Palmeiras" klubi.
So‘nggi 10 yil ichida eng daromadli 10 ta akademiya (CIES):
1. "Benfika" — 38 nafar futbolchi, € 589 mln.
2. "Ayaks" — 43 o‘yinchi, €454 mln.
3. "Chelsi" — 33 o‘yinchi, €442 mln.
4. "Lyon" — 31 o‘yinchi, € 423 mln.
5. "Sporting" — 40 nafar o‘yinchi, €417 mln.
6. "Manchester Siti" — 35 o‘yinchi, €414 mln.
7. "Real" — 40 o‘yinchi, € 395 mln.
8. "Monako" — 25 o‘yinchi, €378 mln.
9. "Palmeiras" — 32 o‘yinchi, € 356 mln.
10. "Bayer" — 12 o‘yinchi, €339 mln.

Fikrlar