O‘zbek bokschilari yordam bergan Jervonta Devis Garciyani muddatidan oldin mag‘lub etdi (video)
Professional boksning engil vazn toifasida (61,2 kg) WBA Regular kamari egasi Jervonta "Tank" Devis o‘zining navbatdagi himoya jangini Luis Garciyaga qarshi o‘tkazib muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Jangning 8-raundiga qadar Garciya Devisga anchagina qarshilik ko‘rsatib kelayotgan edi, ammo ushbu raundda o‘tkazib yuborilgan bir nechta kuchli zarbalar evaziga Luis Garciyaning burchagi 9-raundga chiqishni rad etdi va shu tariqa Devis 28-g‘alabasini (26 nokaut) nishonlagan bo‘lsa, Garciya 17-jangida birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Endi Devis bahorda Rayan Garciyaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Jervonta Devis mashg‘ulotlarda o‘zbek bokschilari Otabek Xolmatov va Jamshidbek Najmitdinovlar bilan sparring janglarida ishtirok etgan edi.
2023-01-08 09.42.11

Fikrlar