O‘zbek bokschisi bir necha kamarlar sohibini taslim qildi

  • 12.12.2021 19:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonning Almati shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida bir necha mamlakatdan kelgan charm qo‘lqop ustalari reyting janglarini o‘tkazdi.

Tajribali bokschimiz Xurshid Tojiboev faoliyatidagi oltinchi jangida rossiyalik Pavel Melikov bilan to‘qnash keldi.

Xurshid professional bokschilik faoliyatini ancha kech – 2019 yilda boshlagan. Asosan tajribali raqiblarga qarshi jang qilayotgan hamyurtimiz shunga yarasha reytingda tez ko‘tarilyapti. Ayni paytda Tojiboev zo‘z vazn toifasida yurtimizda birinchi raqamda qayd etilgan, jahon reytingida esa 125-pog‘onaga ko‘tarildi va kuchli yuzlikka kirish arafasida turibdi.

Jizzaxlik charm qo‘lqop ustasi havaskorlar bokschida yuqori natijalarni qayd etgan. Bir necha bor qit’a va jahon chempionatlari, Olimpiy o‘yinlari ishtirokchisi.

Tojiboev 2015 yilda Xalqaro havaskorlar boksuyushmasi tomonidan tashkil etilgan yangi turnir - AIBA Pro Boxing tasnifida chempionlik jangini o‘tkazib, qozog‘istonlik Berik Abdurahmonovni mag‘lub etib, 60 kilogramm vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbek bokschisi hisoblanadi.

505186_0_56_4607_2661_1920x0_80_0_0_a12a6ad4c9b9d3a6b8b21df7decad698

Uning professional faoliyatidagi oltinchi raqibi ancha tajribali – katta ringda 21 ta jangda 16 ta g‘alaba, bitta durang va to‘rtta mag‘lubiyat qayd etgan Pavel Melikov mintaqaviy darajada bir necha kamarlarga egalik qilgan. Xususan, rossiyalik bokschi etti yil davomida mag‘lubiyatsiz seriya ko‘rsatgan, Rossiya chempioni, World Boxing Council Asian Boxing Council Silver Light Title, World Boxing Association Asia Light Title, Eurasian Boxing Parliament Light Title titullarini qo‘lga kiritgan.

Ikki tajribali charm qo‘lqop ustasining o‘zaro to‘qnashuvida Xurshid Tojiboevning zarbalariga dosh berolmagan Melikov to‘rtinchi raundda taslim bo‘ldi. Shu tariqa, bokschimiz yuz foizlik natija bilan g‘alabali seriyasini oltitaga etkazdi.

Almatidagi boks kechasida ringga chiqqan yana uch nafar bokschimiz engilmas raqiblar bilan kuch sinashib mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

10 ta g‘alaba va 16 ta mag‘lubiyat qayd etgan Baxit Abdurahimov mezbonlar vakili Aydos Memet bilan sakkiz raund jang qilib, ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi. Qozog‘istonlik bokschsi ketma-ket to‘qqizinchi g‘alabasini nishonladi.

ca1ae5548f0ed0068a1308c841f41f97

Muhammadsalim Sotvoldievning natijalarida barqarorlik etishmayapti. Bu bokschimiz asosan kuchli raqiblarga qarshi jang qilyapti. Faoliyati davomida rossiyalik Vyacheslav Letovaltsev, armanistonlik Radik Grigoryan kabi mag‘lubiyatsiz odimlayotgan bokschilarning g‘alabali odimini to‘xtatgan hamyurtimiz Almatidagi boks kechasida qozog‘istonlik Raxat Saitjon bilan kuch sinashdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda hakamlar ochkolar hisobidagi g‘alaba mezbon bokschiga nasib qilganini e’lon qildi. Raxat ketma-ket sakkizinchi g‘alabasini nishonladi.

Muhammadsalim Sotvoldievning rekordi etti g‘alaba, to‘rt mag‘lubiyat va bir durang ko‘rinishiga keldi.

Professional faoliyatini muvaffaqiyatli boshlagan Mansur Abdumamatov endi mag‘lubiyatlar to‘ridan chiqib keta olmayapti. Dastlabki oltita jangida kuchli raqiblarni enggan Mansur Almatidagi turnirda ketma-ket beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Hamyurtimiz o‘zi mag‘lub bo‘lgan barcha janglarda muddatidan oldin taslim bo‘lganini ham ma’lumot o‘rnida keltirish lozim.

1a2a26c05222a457752cfeaebcbfdc0f

Mezbonlar vakili Ray Saidjonov sakkiz raundlik jangning to‘rtinchi raundida Mansurni sof nokautga uchratib, g‘alabali odimini to‘qqizta uchrashuvga etkazib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!