
O‘zbek bokschisi Dubayda ajoyib g‘alabaga erishdi(Video)
Biroz avval Dubayda tashkil etilgan, "EMD Fight Night 6" turnirida professional bokschimiz Nodirbek Halimov ringga ko‘tarildi. Unga ugandalik Lourens Ssekata raqiblik qiladi.
6 raund qilib belgilangan ushbu jangning 1- raundidayoq yurtdoshimiz nokaut bilan g‘alaba qozondi va professional boksdagi 2- g‘alabasini tantana qildi. Ugandalik bokschi esa ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. U bu jangga qadar 2 ta g‘alaba qayd etgandi.
Fikrlar