
O‘zbek boksi yulduzlari Toshkentga qaytmoqda!
Xabaringiz bor, 3 aprel kuni Toshkent shahri katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi.
Ushbu jang kechasida muxlislarimiz O‘zbekiston boksi yulduzlari ishtirokidagi janglarga bevosita guvoh bo‘lishlari mumkin.
Jangga AQShda tayyorgarlik ko‘rgan bokschilarimiz bugun yurtimizga qaytib keladi. Bokschilarimiz joy olgan samolyot bugun kechasi, (27 martdan 28 martga o‘tar kechasi) soat 01:55 da yurtimizga kelib qo‘nadi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Boks Federatsiyasi bugun tunda yurtimizda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari hamda boks muxlislarini aeroportga taklif etib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, bokschilarimiz aeroportning "VIP" hududi orqali chiqib kelishadi.
Fikrlar