O‘zbek jangchisi Rossiyaning eng nufuzli promousheni bilan shartnoma imzoladi... Jang sanasi ham aniq

  • 21 iyun, 2020, 04:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

  O‘zbekistonlik MMA jangchisi Ahliddin Mirzadavlatov Rossiyaning eng nufuzli promousheni bilan shartnoma imzoladi. Yanada aniqroq qilib aytganda, Chechenistonning ACA (Absolute Championship Akhmat) promoushenining mijoziga aylandi. Hamyurtimizning ACAdagi debyuti 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Mirzadavlatov hozircha so‘ngi bo‘lib turgan jangini Toshkentda tashkil etilgan “GFC 20” turnirida ozarbayjonlik Jafar Ismievga qarshi o‘tkazib, birinchi raundning o‘zidayoq g‘alabaga erishgan edi. Umuman olganda yarimo‘rta vazn toifasida (77,11 kg)  oktagonga ko‘tariladigan Ahliddin faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida zafar quchgan va bir bora undan omad yuz o‘girgandi.

Tecno

ax

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!