
O‘zbek jangchisi uchun ushbu g‘alaba UFCga yo‘l ochadi!
AQShda faoliyatini davom ettirayotgan, o‘zbekistonlik MMA jangchisi Firdavs Hasanovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Super engil vazn (56,7 kg) toifasida oktagonga ko‘tariladigan yurtdoshimiz 24 may kuni “Combat 7 “ turnirida jang qiladi. Unga AQSh vakili Karlos Lozoya raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, AQShda o‘zbekistonlik sportchilarni yaqindan qo‘llab-quvvatlab keluvchi Azamat Asadovning ma’lum qilishicha, katta ehtimol bilan ushbu jangdagi g‘alaba, Firdavs Hasanovning UFC bilan shartnoma tuzish imkoniyatini taqdim etar ekan. Albatta, yurtdoshimizga ushbu jangda omad tilaymiz!
Ma’lumot uchun, Lozoyaning rekordi 8-4 bo‘lsa, Hasanovniki 9-4 ko‘rinish olgan.
Fikrlar