O‘zbek karatechilari Tokioda bo‘lib o‘tgan 3-ochiq jahon chempionatining jamoaviy bahslarida 2-o‘rinni egalladi

BEPUL PROPAN

Karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokioda bo‘lib o‘tgan 3 ochiq jahon chempionatida ishtirok etdi.

3-4 avgust kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi "Yoyogi Olimpiya" stadionida zirhli karate ya’ni, Koshiki karate-do bo‘yicha 3-ochiq jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.  Toshkent shahar karate-do Federatsiyasi bosh instruktori Rustam Bekmuratov va federatsiya murabbiyi Bosit Bekmuratov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Toshkent shahridan 41 nafar sportchi ishtirok etdi.  Turnirda jami 15 ta mamlakat, xususan, AQSh, Kanada, Frantsiya, Avstraliya, Bangladesh, Hindiston, Gonkong, Belorussiya va boshqalardan 1000 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Jamoaviy musobaqada rasman 2-o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi yuqori darajada tayyorgarlik va motivatsiya nuqtai nazaridan faqat ushbu sport turi asoschilari - yaponlargagina yon berdi. 

Kumiteda o‘zbekistonlik karatechilar tomonidan qo‘lga kiritilgan medallar:

- Kan Artur (kumite,8-9 yosh,-25 kg) 1-o‘rin 
- Kirill Kvon (kumite, 8-9 yosh, -25 kg) 2-o‘rin 
- Mahmudov Kamronshox (kumite, 8-9 yosh, mutlaq vazn) 2-o‘rin 

- Chaykina Mariya 1 (kumite, 10-11 yosh,-30 kg) 1-o‘rin 
- Mirzaahmedova Amina (kumite, 10-11 yosh, -30 kg) 3-o‘rin
- Shokirov Ayub (kumite, 10-11 yosh,- 35 kg) 3-o‘rin
- Ugay Evgeniy (kumite, 10-11 yosh, mutlaq vazn) 3-o‘rin

- Arslonov Amirbek (kumite, 12-13 yosh,-45 kg) 3-o‘rin
- Ubaydullaeva Nozimabonu (kumite, 12-13 yosh,- 45kg)1-o‘rin

- Valijonov Shohrux (kumite, 14-15 yosh, mutlaq vazn) 3-o‘rin 
- Timur Xolmurodov (kumite, 14-15 yosh,-60 kg) 1-o‘rin
- Timur Talasov (kumite, 14-15 yosh,-55kg) 3-o‘rin 

- Rahimov Murod (kumite, 16-17 yosh,-65 kg) 2-o‘rin 
- Risqidinov Diyorbek (kumite 16-17 yosh, mutlaq vazn) 1-o‘rin

- Karimov Samik (kumite, 18-39 yosh, - 95 kg) 2-o‘rin
- Mirzaahmedov Mirjamol (kumite, 18-39 yosh, -95 kg) 1-o‘rin
- Risqidinov Ramazon (kumite, 18-39 yosh,-85 kg) 1-o‘rin
-Hasan Xurramov (kumite, 18-39 yosh, - 75 kg) 3-o‘rin
- Mirzoqulov Shamsiddin (kumite, 18-39 yosh,-75kg) 3-o‘rin
Xvostikova Kseniya (kumite, 18-39 yosh, -65 kg) 3-o‘rin 
- Nurieva Gavhar (kumite, 18-39 yosh,-60 kg) 2-o‘rin 

- Rustam Bekmuratov (kumite, 40-49 yosh,- 75 kg) 1-o‘rin 
- Nikolay Novikov (kumite, 18-39 yosh, mutlaq vazn) 1-o‘rin 
- Natalya Lim (kumite, +40 yosh, -60 kg) 1-o‘rin 

Kumite jamoasida o‘zbekistonlik karatechilar qo‘lga kiritgan medallar:

O‘zbekiston jamoasi: Rahimov Murod, Haydarov Alisher, Abdug‘aniev Saidqosimbek(kumite jamoasi, 12-13, 14-15, 16-17 yosh) 1-o‘rin 

"Kata" yo‘nalishida:

- Rahimov Murod (kata, 16-17 yosh) 3-o‘rin 
  Saydametov Saidahmad (kata, 18+) 3-o‘rin 
- Yusupova Zarina (kata, 18+) 3-o‘rin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!