O‘zbek muaytay yulduzi yana ringga qaytmoqda

CHERY AUTO

14 iyun kuni poytaxtimizdagi "Do‘stlik" bog‘ida "Usmanov's Combat Systems"ning K-1 yo‘nalishi bo‘yicha jang oqshomi o‘tkaziladi. Ushbu kechaning markaziy jangida o‘zbek muaytayining yorqin vakillaridan biri Mavlon Qahhorov uzoq tanaffusdan so‘ng Qirg‘iziston vakili To‘xtasin Sobirovga qarshi ringga ko‘tariladi.

Tecno

Qahhorov 1987 yilda tug‘ilgan. 2000 yildan boshlab sportning muaytay turi bilan shug‘ullanib keladi. Shu vaqt mobaynida ko‘p marta O‘zbekiston chempioni, xalkaro turnirlar g‘olibi, 3 karra jahon chempioni, Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Qahhorov professionallar o‘rtasida qit’a chempionlik kamarini ham qo‘lga kiritdi.

Professional yo‘nalishda 7 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Janglaridan 6 tasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!