O‘zbek o‘g‘loni "ONE FC"dagi ketma-ket uchinchi jangida finish qayd etdi!

  • 5 iyul, 2024, 19:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Tailandning Bangkok shahrida aralash yakka kurashlar bo‘yicha ONE Friday Fights 69 turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Musobaqaning prelim kardi doirasida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Avazbek Xolmirzaev ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Avazbekka Rossiya vakili Changi Kara-Ool raqiblik qildi. 

3 raund etib belgilangan to‘qnashuv 1-raund so‘ngida o‘z nihoyasiga etdi. Unda Xolmirzaev raqibini "triangle" og‘ritish usuli orqali muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, Avazbek Xolmirzaev bugun o‘zining sakkizinchi jangida ettinchi g‘alabasini tantana qildi. Uning hisobida bitta mag‘lubiyat ham bor. 

Ma’lumot uchun, bu sportchimiz uchun menejer Ozodbek Pardaev boshchiligida ONE FC ligasidagi uchichni jangida qo‘lga kiritgan uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!