O‘zbek referilari Saudiya chempioni ishtirokidagi o‘yinni boshqaradi

  • 3 fevral, 2021, 13:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi taklifiga binoan, o‘zbekistonlik 4 nafar hakam Saudiya Arabistoni chempionatidan o‘rin olgan "Al-Hilol" – "Abha" uchrashuvida ishlash uchun Ar-Riyod shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

"4 fevral kuni "King Fahd International Stadium" maydonida o‘tadigan ushbu bahsni Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynulin yordam beradi. VAR hakami Aziz Asimov.

Saudiya Arabistoni chempionati | 17-tur
4 feval, 2021 yil

"Al-Hilol" – "Abha"

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)

Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko (O‘zbekiston), Timur Gaynulin (O‘zbekiston)

VAR hakami: Aziz Asimov (O‘zbekiston)", - deyiladi assotsiatsiya xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!