O‘zbekiston - Kosta-Rika. Qaysi terma jamoa futbolchilarining transfer qiymati yuqori?

  • 24 sentabr, 2022, 16:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 27 sentyabryu kuni O‘zbekiston hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi "Transfermarkt" portalida har ikki terma jamoa tarkibidagi futbolchilarning umumiy transfer qiymati oshkor qilindi. 

Unga ko‘ra, vakillarimizning umumiy transfer qiymati 25,95 million evroni tashkil etadi. Kosta-Rikaga chaqirilgan futbolchilarning umumiy qiymati esa 11.90 million evro. 

Qayd etish lozim, O‘zbekiston MTJ tarkibidagi eng qimmat futbolchi Eldor Shomurodov hisoblanadi (8 million evro). Konkakaf vakili safidagi transfer narxi eng yuqori bo‘lgan o‘yinchi - Joel Kempbell (2.50 million evro). 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!