O‘zbekiston - Qatar bellashuvi uchun chiqarilgan chiptalar sotuvi to‘xtatildi!

  • 9 iyun, 17:10
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston - Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionatining saralash o‘yini uchun chiptalar tugadi. Bu haqda "Iticket.uz" ma’lum qildi.

Tecno

Mazkur bellashuv uchun chiptalar sotuvi 3 iyunda boshlandi va 5 kun davom etdi (3, 4, 5, 7 va 9 iyun). Chiptalar faqatgina poytaxtda joylashgan 3 ta kassada sotildi. Bular: "Bunyodkor" va "Paxtakor" stadionlari va "Xumo arena" hududida joylashgan kassalar.

Chiptalar sotuvi faqat oflayn tarzda amalga oshirildi. Bu qaror tao‘kilot, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi va huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda qabul qilingan. Ushbu chora chayqovchilar faoliyati va elektron chiptalarni soxtalashtirish holatlarining oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!