
O‘zbekiston - Suriya: Uchrashuvni kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogidagi o‘z yurishini boshlaydi. Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadigan o‘yin Soprt tv orqali namoyish qilinadi.
Mazkur bahsni Xayrull Hamidov sharhlab boradi. Bu haqida jurnalistning o‘zi telegram kanalida ma’lum qildi:
"Kechagi ochilish o‘yinidan so‘ng barchaning e’tibori tamomiy Osiyo chempionatiga muhrlandi. Bugun o‘zbek xalqi uchun navbatdagi tarix ochiladi. Ektor Kuper boshchiligidagi Suriya milliy jamoasiga qarshi o‘yin!
22:30dan boshlab “Sport” kanalida O‘zbekiston — Suriya o‘yini jonli translyatsiya qilinadi. Birgamiz".
Ma’lumot uchun, bugun guruhdagi raqiblarimiz Avstraliya va Hindiston ham o‘zaro kuch sinashadi.
Fikrlar