O‘zbekiston - Venesuela uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o‘tkaziladi

  • 22.06.2021 16:29
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.

Mazkur uchrashuvlar oldidan ikki terma jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani tashkil etish rejalashtirilgan.

Matbuot anjumani ertaga, soat 15:00 O‘FA Majlislar zalida boshlanadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Venesuela terma jamoalari "Yunusobod" sport majmuasida o‘yin oldi rasmiy mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

15:00. O‘yin oldi matbuot anjumani

17:00. O‘zbekiston futzal terma jamoasi rasmiy mashg‘uloti

19:00. Venesuela futzal terma jamoasi rasmiy mashg‘uloti

Mashg‘ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!