O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik Midori Honda bosh murabbiy etib tayinlandi

  • 29 yanvar, 2022, 17:44
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Tojikistonda o‘tkazilgan “CAFA Womenʼs Futsal Championship 2022” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov terma jamoa a’zolarini tabriklar ekan, ayollar futboliga oid bir muhim ma’lumotni ham aytib o‘tdi. Unga ko‘ra ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish va rivojlantirish yo‘lida O‘FA yaponiyalik tajribali murabbiylarni jalb qilgan.

- Yaponiya jahon chempionatida doimiy ishtirok etib keladi, mutaxassislari ham xalqaro miqyosda katta tajribaga ega hisoblanadi. Shu sababli, ayollar futboliga Midori Honda bosh murabbiy etib tayinlandi, - dedi Ravshan Ermatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘FA bir necha kun avval ushbu murabbiy bilan dastlabki muzokara o‘tkazilgani borasida xabar bergandi.

O‘FA rahbariyati yaponiyalik murabbiylar bilan uchrashdi. Mutaxassis terma jamoada ishlash uchun muzokara o‘tkazdi (Foto)

photo_2022-01-27_22-57-51

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
29/01/2022 19:37
Эркаклар жамоаси килолмаган ишни аёлларимиз килишади! Мана шунда суратдаги УФА нинг эркак ходимлари бу ишни биз килдик деб мактаниб чикишади.