O‘zbekiston bilan o‘yin Rossiya uchun ortga tashlangan qadammi? "Zenit" futbolchisi javob berdi

  • 13 noyabr, 2022, 15:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" yarim himoyachisi Andrey Mostovoy "Sport Ekspress" nashriga bergan intervyusida Rossiya terma jamoasining noyabr oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlari hamda ularning raqiblariga haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi milliy terma jamoasining Tojikiston va O‘zbekiston o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritilgan.

Tecno

- Bunday o‘rtoqlik o‘yinlariga qanday baho berasiz? Bu bahslar bizga kerakmi?

Yaxshi o‘yinlar bo‘ladi deb o‘ylayman. Hozirgi vaziyatimizdan kelib chiqsak, bu kabi o‘yinlar bizga kerak.

Bu oldinga qadam deb o‘ylaysizmi yoki ortga? Sababi, jamoalardan biri – O‘zbekiston FIFA reytingida Gruziyadan yuqoriroq o‘rinda turadi.

- Har qanday o‘yin oldinga qadam, chunki sentyabrda bitta o‘yin bo‘lgan bo‘lsa, hozir ikkita. Bu esa bizga imkoniyatlarimizni bilib olish uchun yaxshi imkoniyat.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya terma jamoasining O‘zbekiston bilan o‘yin 20 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
13/11/2022 17:28
Ўзбекистон - Россия 2:0