O‘zbekiston boks terma jamoasi "Stranja"da umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi!

  • 12 fevral, 2024, 09:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

2-11 fevral kunlari bolgariyaning Sofiya shahrida “kichik jahon chempionati” sanalmish nufuzli “Strandja” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etdi. Musobaqada 28 davlatdan 261 nafar sportchi (178 erkaklar, 83 nafar ayollar) qatnashdi.Unda erkaklar 13 ta vaznda, ayollar esa 6 vazn toifasi bo‘yicha bellashdi. Boks olamida “Kichik jahon chempionati” sifatida e’tirof etiladigan mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi asosan yosh tarkibda ishtirok etdi. Shunga qaramay, vakillarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Terma jamoamiz safidagi sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:

-50 kg Sabina Bobokulova
-54 kg Ho‘janazar Nortojiev
-60 kg Abdumalik Halokov
-71 kg Iqboljon Holdorov
-75 kg Javohir Ummataliev
+92 kg Jahongir Zokirov

 Kumush:

-57 kg Shahzod Muzaffarov
-63,5 kg Adhamjon Muhiddinov

Bronza:

-57 kg Humorabonu Mamajonova
-51 kg Asilbek Jalilov
-54 kg Hasanboy Do‘smatov
-60 kg Dilshod Abdumurodov
-75 kg Fazliddin Erkinboev
-86 kg Samandar Jalolov.

Qayd etish lozimki, musobaqa yakuniga ko‘ra O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu borada ikkinchi o‘rinni Hindiston band etdi. Kuchli
uchlikka esa mezbon Bolgariya yakun yasadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Козимжон Дехконов
12/02/2024 12:15
Узбекистон бокс державасига айланмокда. Омад!