O‘zbekiston chempioni “Barsa”ni tezroq Setenni haydashga chaqirmoqda

  • 18 iyul, 2020, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor”da O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan Rivaldo “Barselona” rahbariyatida bosh murabbiy masalasida qat’iyat ko‘rsatishga chaqirmoqda.

- “Barselona” xo‘jayinlarida yangi bosh og‘riq paydo bo‘ldi. Ular Chempionlar ligasi qayta  boshlanishi oldidan bosh murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamoqda. Bartomeu Setenni bo‘shatib yuborishi kerak. Muxlislar va jurnalistlar Setenning ishidan norozi, ularga “Barsa” ko‘rsatayotgan o‘yin yoqmayapti. Jamoa foydasi uchun qarorni  hoziroq qabul qilish kerak, - dedi Rivaldo.

Uzoq muddat chempionlik uchun kurashgan “Barselona” restart avvalida “Real”dan oldinda bo‘lsa-da, oxir-oqibat chempionlikni madridliklarga topshirib qo‘ydi.

Ayni paytda ko‘pchilik, hatto jamoa etakchisi Lionel Messi ham Kiki Seten tanlagan uslub bilan Chempionlar ligasida “Napoli”ni engib bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

gtgtgtd

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Komil Jon Temirov
18/07/2020 23:15
Халиям вакт бор сетиенни хайдаб бирорта футболни тушунадиган мутахасис олиб келиш к.к