O‘zbekiston kriket federatsiyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan memorandum imzoladi

  • 20 iyun, 2023, 12:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan kriket sport turini keng ko‘lamda rivojlantirish borasidagi ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Xususan, federatsiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ham kriket bo‘yicha hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
Shu bois, 19 iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston kriket federatsiyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan kriket sport turini talaba-yoshlar orasida keng rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzoladi. Memorandumni O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev hamda mazkur universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sadirdin Xudoyqulov imzolashdi.
Memorandum doirasida universitet stadionida Toshkentning "Anfa" hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kriket klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.
                                                                                                     Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Tecno

orro

apro

vaap

apappr

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!