O‘zbekiston kubogi finali qaysi stadionda o‘tishi ma’lum bo‘ldi
2019 yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi 26 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadi.
26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yarim final uchrashuvlari natijasiga ko‘ra AGMK hamda “Paxtakor” klublari final chiptasiga ega chiqishgandi. Mazkur klublar bir yil avval ham hal qiluvchi o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib, yakunda AGMK o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylangandi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kubok finalini yuqorida saviyada tashkil etish maqsadida, shuningdek, har ikki jamoa muxlislarida final o‘yinini bevosita stadionidan tomosha qilish uchun imkoniyat ko‘proq bo‘lishini inobatga olib, final bellashuvini “Lokomotiv” stadionida o‘tkazish variantida to‘xtaldi. Uchrashuv 17:00 da start oladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Final o‘yini oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda klublarning etakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. O‘yinoldi tadbirlar manzili yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi.
Fikrlar
????????????????????????
Yil boshidan uje plan tuzub chiqilgan va plan buyicha xammasi maromida ketmoqda?
Uzbek futbolidan xar narsani kutsa buladi