O‘zbekiston kubogi finali sabab Pro liga o‘yinida o‘zgarish bo‘ldi

  • 16 sentabr, 2022, 01:29
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogining 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan final o‘yini sabab “Turon” va “Buxoro”ning keyingi ikki to‘qnashuvida mezbon jamoalar almashtirilgandi. 

Keyinroq “Turon” tomoni bu masala yuzasidan o‘z taklifini kiritdi hamda kubok finalidan keyin maydonga tushishga rozi bo‘ldi. Mazkur taklif “Buxoro” tarafidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Shundan kelib chiqib, Pro liga 19-turida buxorolik futbolchilar Yaypanga boradi. 24-turda esa shuning aksi kuzatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!