
O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" derbida so‘nggi daqiqalarda gol urib ketdi
O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Navbahor" - "Neftchi" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
49-daqiqada Bilolxon Toshmirzaevning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pidan so‘ng Zoran Marushich gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, so‘ngggi daqiqalarda Gilerme Gedes hisobni tenglashtirdi.
60-daqiqada farg‘onaliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Umidjon Ergashevga nisbatan qo‘polllik ishlatgani uchun Ilgiz Tantanshev tomonidan ogohlantirildi.
Shu tariqa, jamoalar Namanganda bir ochkodan bo‘lib oldi.
Fikrlar