
O‘zbekiston Kubogi. OKMK 2-turni ham yana o‘z uyida o‘tkazadi. Sabab esa...
Tez orada O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari boshlanadi. “F” guruhida dastlabki turda o‘z maydonida “Mash’al”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan OKMK klubi 2-turda ham Qoraqalpog‘istonning Aral akademiyasi jamoasiga qarshi safarda maydonga tushishi ko‘zda tutilgandi. Lekin OKMK 2-turni ham o‘z uyida o‘tkazadigan bo‘ldi.
“O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichida Qoraqalpog‘istonning uch klubi ishtirok etmoqda. Joriy mavsumdan e’tiboran Liga a’zosiga aylangan Aral akademiya jamoasi Kubok musobaqasining 2-turida OKMK klubini qabul qilishi kerak edi.
Bu borada tomonlar uchrashuvni OKMK maydonida o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi. Bellashuv 22 aprel kuni bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi O‘zPFL matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar