
O‘zbekiston kubogi. OKMK bu safar "Andijon-SGS"ni gollar bilan "savaladi"
O‘zbekiston kubogi 2-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"A" guruhi ishtirokchisi OKMK bugun "Andijon-SGS"ga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bahsda nominal mezbonlar yirik 6:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safida yagona golni Turg‘unboev kiritgan bo‘lsa, olmaliqliklarning 6 goli Qosimov, G‘iyosov, Boake (dubl), Gadoev va Ruxadze nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, OKMK 6 ochko to‘plab, guruhda peshqadamlikni mustahkamlab oldi. "Andijon-SGS" hisobida 3 ochko mavjud.
Fikrlar