
O‘zbekiston kubogi. So‘nggi daqiqalardagi gol "So‘g‘diyona"ni chorak finalga olib chiqdi
O‘zbekiston kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Ayubxon No‘’monov hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngiga qadar Turopov muvozanatni tikladi. Ikkinchi taymda penaltidan noaniq zarba bergan Gulyamov "temiryo‘lchilar"ga pand berib qo‘ydi. Qo‘shimcha daqiqalarda Javohir Qahramonov "bo‘rilar"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shunday qilib, "So‘g‘diyona" keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ularga endi chorak finalda "Nasaf" raqiblik qiladi.
Fikrlar