
O‘zbekiston Kubogi yarim final. Prevyu: "Paxtakor" - "Dinamo"
O‘zbekiston Kubogi yarim finalida "Paxtakor" jamoasi Toshkentda "Dinamo"ni qabul qiladi.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, Kubok bahslarida hozirga qadar o‘zaro 6 uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ikki marta uy-safar va ikki bor bitta o‘yindan iborat to‘qnashuvlar kuzatilgan. "Sherlar" uch g‘alabaga erishib, ikki bor durang o‘ynashgan va bir mag‘lubiyat kuzatilgan. Bellashuvlarda quyidagi natijalar qayd etilgan:
2:2, 7:2
3:1
2:0, 2:2
2:3
"Paxtakor" "Dinamo" darvozasini 18 marta ishg‘ol qilgan holda o‘z darvozasidan 10 to‘p olib chiqqan. Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagan taqdirda qo‘shimcha ikki bo‘lim va penaltilar seriyasiga murojaat qilinishi mumkin.
"Paxtakor" va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 25 sentyabr, payshanba kuni 18:00 da "Jar" stadionida boshlanadi.
Fikrlar