O‘zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qachon qur’a tashlanishi ma’lum

  • 19 may, 2024, 03:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

29 may kuni "Bunyodkor" stadionida O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. "Paxtakor" va "Nasaf" ishtirokidagi to‘qnashuv oldidan O‘zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanadi. 

Tecno

Superkubok o‘yini oldidan «Sport» telekanali jonli studiya tashkil etishni rejalashtirgan. Efir davomida Kubok qur’asiga ham vaqt ajratiladi. Jarayon Superkubok uchrashuvini ko‘rish uchun stadionga kelgan futbol muxlislariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi rejalashtirilgan. 

1/8 final bosqichi bellashuvlari 3-6 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Qur’a yakuniga etgach, uchrashuvlar taqvimi e’lon qilinadi. 

Reglamentga ko‘ra, guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan jamoa 1/8 finalni o‘z maydonida o‘tkazadi. Guruhda ikkinchi bo‘lgan jamoa esa safar o‘yinida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, qur’a oldidan jamoalar ikki savatga ajratib olinadi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!