O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari o‘ynaydigan chempionat start olmoqda

  • 24 aprel, 2020, 15:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tez orada Janubiy Koreya chempionati boshlanadi. Mamlakat futbol Assotsiatsiyasi shunday qarorga keldi.

Tecno

Koreyadagi epidemiologik vaziyat tufayli o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladi, stadionlarga ishqibozlar kiritilmaydi.

O‘z navbatida aytishimiz mumkinki, chempionat formati ham o‘zgaradi. 38 o‘yin (11 o‘yindan iborat 3 davra va 5 o‘yindan iborat final bosqichi) o‘rniga klublar 27 o‘yin (11 o‘yindan iborat 2 davra va 5 o‘yindan iborat final bosqichi) o‘tkazadi.

Janubiy Koreyada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va vakillari Ikrom Aliboev, Rustam Ashurmatov, Jamshid Iskanderov, Xurshid G‘iyosov va Doston Tursunov faoliyat yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!