O‘zbekiston MTJ 2024 yildagi ilk o‘yinini Osiyo kubogi finalchilariga qarshi o‘tkazadi

CHERY AUTO

 O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20-31 yanvar kunlari Qatarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi.

Vakillarimiz yig‘in doirasida 27 yanvar kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi haqida kecha O‘FA matbuot xizmati xabar bergandi. 

Ta’kidlash kerak, Iordaniya tema jamoasi amaldagi Osiyo kubogi finalchisi hisoblanadi. Ular Qatarda bo‘lib o‘tgan turnirda, Iroq, Tojikiston hamda Janubiy Koreya kabi terma jamoalarni taslim etib, hal qiluvchi bahsda mezbonlarga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. 

Ma’lumot uchun, Iordaniya terma jamoasi FIFA reytingida 64-, O‘zbekiston esa 58-pog‘onani band etgan. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азамат Жалгасбаевич
01/01/2025 19:29
2025 йилни январь ойида боса зор бопти