
O‘zbekiston MTJ a’zosi legionerga aylandi
"Paxtakor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov faoliyatini ijara asosida Qatarning "Sayliya" klubida davom ettiradi.
Jamoalar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq Hamdamov 2022 yilning 30 iyuniga qadar "Sayliya"da ijarada o‘ynaydi. Ijara muddati tugaganidan keyin futbolchi "Paxtakor" ixtiyoriga qaytadi
25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum avvalida BAAning "Al-Nasr" va "Hatta" klublarida to‘p tepgan.
"Paxtakor" klubi matbuot xizmati
Fikrlar