O‘zbekiston MTJning JCh-2022 saralashidagi Yaman, Singapur va Saudiyaga qarshi o‘yinlari qachon o‘tkaziladi?

  • 19 fevral, 2021, 15:10
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval OFK mart oyida JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralashidan o‘rin olgan 4 ta o‘yin o‘tkazilishini, ular orasida O‘zbekiston ishtirokidagi uchrashuv yo‘qligini ma’lum qilgandi.

OFK mart oyida JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan 4 uchrashuv o‘tkazilishini e’lon qildi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning ham o‘yini bormi?

6051573742013

Rejalashtirilgan 31 bellashuvdan atigi 4 tasi bo‘lib o‘tadi. Qolgan 27 tasi iyun oyiga ko‘chirildi. Natijada, FIFA iyunda ikki hafta ichida 59 ta o‘yin o‘tkazadi.

25 mart kuni Ar Riyodda Saudiya Arabistoni termasi Yamanni qabul qiladi. Aytgancha, Yaman - O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs rasman iyun oyiga ko‘chirilmagan, - deya xabar berdi taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida.

Shuningdek, Nikimbaev iyun oyida guruhda g‘olib bo‘lish uchun ikki nomzodning o‘yinlari taqvimi qanday ko‘rinishda bo‘lishini ma’lum qildi.

7 iyun
Yaman - O‘zbekiston (o‘yin hali ham mart oyida o‘tkazilishi mumkin)
Singapur - Saudiya Arabistoni

11 iyun
O‘zbekiston - Singapur
Saudiya Arabistoni - Falastin

15 iyun
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
19/02/2021 15:36
Жуда катта янгилик топиб жунатибсизлар на маъно на мантик нима демокчи эканларингни билиб кейин янгилик деб эълон килинглар