
O‘zbekiston MTJning Osiyo kubogidagi raqibi kimlar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi ma’lum
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida Suriya milliy jamoasi 5 yanvar kuni Qirg‘iz respublikasi termasi bilan nazorat o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda Suriya FAning instagramdagi sahifasi orqali ma’lumot berildi.
Bir necha kun avval qo‘shnilarimiz Suriya bilan uchrashuvdan tashqari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi haqida xabar tarqatgandi. Ammo O‘FA bu borada hozircha ma’lumot bermadi. Shuningdek, suriyaliklar 8 yanvar kuni Malayziya bilan ham kuch sinashishadi.
Eslatib o‘tamiz, Suriya Osiyo kubogi guruh bosqichida Srechko Katanets shogirdlari bilan bellashadi. Vakillarimiz qit’a birinchiligidagi ilk turni aynan Suriyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar