
O‘zbekiston Osiyo Kubogini ishonchli g‘alaba bilan boshladi
Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining ochilish o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 37-daqiqada Abbosbek Fayzullaev jarimadan gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada uning burchak zarbasidan bergan uzatmasidan so‘ng Zakariya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Fikrlar