O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘yinda ham Erondan ustun keldi

  • 9 sentabr, 2019, 20:54
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda Lyubinko Drulovich shogirdlari 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bobir Abduxoliqov xet-trikka erishgan bo‘lsa, Jasur Yaxshiboev bir bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bunga esa mehmonlar safida Mehdi Goedi bir bor javob qaytara oldi xolos.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, bundan uch kun oldin Olmaliqda bo‘lib o‘tgan dastlabki qarama-qarshilikda ham hamyurtlarimiz zafar quchgan (1:0) edilar. E’tiborlisi, o‘sha bahsda ham Jasur Yaxshiboev raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgan edi.

O‘rtoqlik o‘yini

O‘zbekiston OTJ - Eron OTJ 4:1

Gollar: Bobir Abdixoliqov (18, 36, 69),  Jasur Yaxshiboev (53) - Mexdi Goedi (50).

O‘zbekiston U23: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Islom Qobilov, Ilhom Alijonov, Dilshod Saitov, Abdulla Abdullaev, Abror Ismoilov, Bobir Abdixoliqov, Nurillo To‘xtasinov, Jasur Yaxshiboev, Mirjahon Mirahmadov.

Zaxira: Nizom Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Sherzod Nasrullaev, Shahboz Jo‘rabekov, Oybek Rustamov, Islom Kenjaboev, Islom Rashidxonov, Bobur Asqarov, Asad Sobirjonov, Sanjar Qodirqulov, Aziz Amonov.

Eron U23:  Meroj Ismoili Isfahoni, Taha Shariatihamineh, Omid Norafxan, Muhammadmehdi Mehdixani, Mehdi G‘ayedi, Muhammad Mohebbi, Sayid Abolfazl, Delfi Yunes, Amir Rustai, Aref G‘ulami, Sina Zamehran. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
09/09/2019 22:56
ochigi kulgim keladi shu Pfl ishlaydigan odamlarga. shu qanday uhlap turarkan. yoki kucha kuyga qaysi beti bilan yuradi. Toshkentka bitta uynadi ikkinchisi Qarshiga quysa ham buladiki. Misr bilan Vodiyga quydi muhlis narmalni kerdi. Bunisi Vohaga quy. Har qalay Nasaf uyin falsafasi. butin uzbekistom buylap. amaliyotka qullap kurilapti. ochigi. Fudbolni yuqoridakilar shunchaki moish uchun lavozim uchun ishlaydi. Uzbek fudbolini uldergan asliga PFL hodimlari. Agar ozgena bulsa ham haqiqat bulsa. Abramov dafridan keyin MTJ nima buldi. shu mafzuni kutarsa buladiki. qisqasi gapirsa gap kup
&
BBS UZB
09/09/2019 21:25
Hech qanaqa Drulovich emas
R. Berdiyev va V. Abramovlarning imzosi